O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
Buxoro viloyat Buxoro shahar
35- umumiy o’rta ta’lim
maktabining
“ Biologiya “ fani
o’qituvchisi
Hoshimova Nafisa
Baxshilloyevnaning
Suyakli baliqlar sinfi:
asosiy sistematik guruhlari va ahamiyati
mavzusida o’tkazilgan bir
soatlik namunaviy

2015-2016 yil.
Zoologiya fanidan bir soatlik dars ishlanmasi.
7- sinf.
Dars mavzusi: Suyakli baliqlar sinfi: asosiy
sistematik guruhlari va
ahamiyati.
Darsning ta’limiy maqsadi.O’quvchilarda suyakli
baliqlar sinfiga mansub hayvonlar haqida
tushuncha hosil qilish, turkumlariga mansub hayvonlarning tuzilishi,
bir-biridan farqi, ahamiyati, yashash muhiti va kelib chiqishi bilan
tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi. Suyakli baliqlarning
tabiatdagi va inson hayotidagi
ahamiyatini tushuntirish asosida, o’quvchilarning ilmiy
dunyoqarashini kengaytirish, aqliy va ekologik tarbiya berish tarbiya
berish, mehnat ko’nikmalarini tarkib toptirish, tabiat muvozanatining buzilishi
oldini olish kabi tarbiyaviy
kompetensiyalarni shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. O’quvchilarning
yangi mavzuga oid bilimlari, kuzatish, darslik ustida mustaqil ishlash
ko’nikmalari hamda mantiqiy savollar berish orqali mustaqil fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish, o’z fikrini erkin bayon qilish malakalarini
hosil qilish, bilim va tafakkur, kitobxonlik, izlanuvchanlik, kichik
tadqiqotlar o’tkaza olish malakasini shakllantirish.
Dars turi.: Yangi bilim berish.
Dars metodlari: “Assisment” texnologiyasi elementlari,
hamkorlikda o’qitish texnologiyasi
Dars jihozi: Komyuter, kodoskop, slaydlar, mavzuga
doir vidiolavha, berelyef modeli, ho’l preparatlar, baliq skleti.
Darsning shiori:
Bilim-ma’naviy shakllanish va muhim tarbiya
vositasidir.
Darsning
bosqichlari jadvali:
|
Dasr bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Oldin o’tilganlar bo’yicha og’zaki savol- javoblar
|
3 daqiqa
|
3
|
Baliqlarning xilma-xilligi: tog’ayli baliqlar sinfi
mavzusini so’rash ( O’tgan mavzuni so’rash “ Tushunchalar tahlili metodi”
Javoblar raqamlarda metodi orqali)
|
10 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzu bayoni. Suyakli baliqlar sinfi: asisosiy
sistematik guruhlari va hamiyati.
|
12 daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash (“Sehrli dengiz” ertagi,
“ Sirli sandiqcha” metodlari orqali)
|
10 daqiqa
|
6
|
Dars yakuni va o’quvchilarni, guruhlarni baholash.
|
3 daqiqa
|
7
|
Uyga topshiriq berish
|
2 daqiqa
|
Darsning
borishi:
Darsga tayyorgarlik
va darsning jihozi, dars o’tiladigan
xona kichik 4 ta guruhni tashkil etish,
guruh nomlari, mavzuga oid ko’rgazmalar, rangli rasmlar, barelyef modeli, ho’l
preparatlar, baliq skeleti va ko’rgazmali vositalar bilan jihozlangan.
Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Sinf xonasi va
o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
Bugungi
darsning maqsadi va vazifalarini,
darsning rejasi, shiorini , o’quvchilarning baholash tartibini aytib o’tish,
sinfni 4 ta guurhga ajratish quyidagi jadval asoisda individual va guruhiy ball
qo’yish tartibini bayon qilish.
Oldin
o’tilganlarni umumiy takrorlash( Tushunchalar tahlili metodi” orqali
|
Baliqlarning
xilma-xilligi: tog’ayli baliqlar sinfi.(O’tgan mavzuni so’rash Javoblar
raqamlarda” metodi orqali)
|
5-6 sinfida
o’tilgan bo’yicha bergan ma’lumotlari natijasiga ko’ra yig’gan ball
|
Guruhlarda
ishlay olishi, o’rtoqlariga bo’lgan munosobati, shu darsda ishtirok
qilyotganligi uchun qo’yilgan ball
|
Yangi mavzuni
mustahkamlash, “Ertak”, “ FSMU” texnologiyasi elementlari orqali
|
Jami darsda
yig’gan ball
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
5
|
O’zbekistonda va jahonda yuz
berayotgan ehg global ekologik muammolar Orol muammosi, Tojikistoning “
Alyuminiy” zavodining chiqindilari oqibatida Uzum tumanida ro’y berayotgan
muammolar va Tojikistonda qurilayotgan “ Ro’g’un GES” muammolari qisqacha
ta’rifi.
Dars shiorining mohiyati ochib beriladi.
Darsning shiori: Bilim-ma’naviy shakllanish va muhim tarbiya
vositasidir.
Bilim olishga bo’lgan qiziqishni orttirish, fanni sevish, komil inson bo’lib yetishish
“
Komil inson” shu o’rinda mamlakatimiz prezidenti I.A. Karimov bu xususda “ Biz komil inson tarbiyasini,
davlat siyosatining ustivor sohasi, deb e’lon qilamiz. Komil inson deganda biz,
avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan , xulq atvori bilan o’zgalarga
ibrat bo’ladigan , bilimli ma’rifatli kishilarni tushunamiz deb ta’kidlaganlar.
Oldin
o’tilganlarni takrorlash.
“ Tog’ayli
baliqlar sistematik birlik.
Tip: XORDALILAR
Sinf: TOG’AYLI BALIQLAR
Turkum:
AKULALAR,SKATLAR.
Tur: AKULA, DENGIZ TULKISI, SKAT BALIQ
LOTINCHA: PISKES.
“ Akulalar” I-GURUH
|
Tushunchalar
|
Mazmuni
|
1
|
Jabra qopqog’I
va suzgich pufagi
|
Bo’lmaydi
|
2
|
Qalin
plastinkachadan iborat
|
Tangachalari
|
3
|
Odamlarga
o’xshaydi
|
Tishlari
|
4
|
Eng kichik
turi
|
Tikanli akula
|
5
|
Ozig’i
|
Baliq va
qisqichbaqasimonlar
|
6
|
Kuchli
rivojlangan suzgich
|
Dum suzgichi
|
7
|
Tog’aydan
iborat
|
Skeleti
|
“ Skatlar”
II-GURUH
|
Tushunchalar
|
Mazmuni
|
1
|
Tana shakli
|
Yassi,
rombsimon
|
2
|
Xivchinga
aylangan
|
Dum suzgichi
|
3
|
Zaharli
tikanli
|
Dumining
asosida
|
4
|
Ozig’i
|
Moluskalar
|
5
|
Eng yirik turi
|
Manta
|
6
|
Ovlanish maqsadi
|
Yog’I uchun
|
7
|
Tanasini bilan
tutashgan suzgichi
|
Ko’krak
|
“ Javoblar raqamlarda” III- IV GURUH
|
Raqamlar
|
Javoblar
|
1
|
5-7
|
Jabra
yoriqlari
|
2
|
250
|
Akulalar turi
|
3
|
40-45
|
Tikanli akula
uzunligi
|
4
|
15
|
Gigant akula
uzunligi
|
5
|
70
|
Kuchlanishli
elektr zaryad a’zosi
|
6
|
350
|
Skatlar turi
|
7
|
20-30
|
Skatlar nasli
|
“ Rasmlar izohi”
1. ‘ Zogora baliqning tashqi tuzilishi’

2. “Zog’ora baliqning skeleti”

3. “Zog’ora
baliqning hazm qilish a’zosi”

4. “Zogora
baliqning qon aylanish sistemasi”

Yangi
mavzuni tushuntirish.




Panjaqanotlilar turkumi. Panjaqanotlilar skeleti va
suzgichlarining tuzilishi quruqlikda yashaydigan umurtqalilar oyoqlariga o'xshab ketadi. Bu
turkumning yagona vakili - latimeriya Hind okeanining Afrika
sohili yaqinidan topilgan. Uni o'rganish quruqlikda yashovchi umurtqali
hayvonlarning kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega.
Baliqlarning ahamiyati. Baliq go'shti va ikrasi xushta'm taom hisoblanadi. Ayniqsa osetrsimonlar
va losossimonlar go'shti va ikrasi qadrlanadi. Jahon bo'yicha har yili 50 mln
tonnaga yaqin baliq ovlanadi.
Baliqlarning asosiy qismi dengizlardan ovlanadi. Baliq
ovlash uchun maxsus kemalar - traulerlardan foydalaniladi. Ovlanadigan
baliqlarning asosiy qismi oziq-ovqat uchun ishlatiladi. Baliqchilik sanoati
chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni, qishloq xo'jaligi uchun o'g'it
ishlab chiqariladi. Baliq moyi farmatsevtikada vitaminli dori hisoblanadi.
CTzbekistonda baliqlar ichki suv havzalaridan ovlanadi. Zog'ora, oq amur.
oqcha, xumbosh, oq sla, ilonbosh asosiy ovlanadigan baliqlar hisoblanadi.
Tabiiy sharoitda baliqlar
uvildirig'i va chavoqlari ko'plab nobud bo'ladi. Shuning uchun baliqlar maxsus
zavodlarda urchitiladi va ma'lum davrgacha boqilib, so'ng tabiiy suv
havzalariga qofcyib yuboriladi. Baliqlar tuxumi va yosh baliqchalami
boshqa suv havzalariga ko'chirib o'tkazish mumkin. Masalan. Uzoq sharq
daryolaridan respublikamizdagi suv havzalariga oq amur, xumbosh, ilonbosh kabi
baliqlar olib kelib, iqlimlashtirilgan.
Baliqlarning
kelib chiqishi. Baliqlarning
qadimgi ajdodlari lansetnikka o'xshash sodda tuzilgan xordalilar bo'lgan.
Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xordalilardan juft suzgich qanotli
hayvonlar paydo bo'lgan. Ular yirtqich hayot kechirishgan. O'lja axtarib faol
hayot kechirishi natijasida ularning nerv sistemasi va sezgi organlari
rivojlana borgan. Shu yoi bilan baliqlar kelib chiqqan

Yangi mavzuni mustahkamlash
Birinchi va ikkinchi guruhlar uchun “Sehrli
dengiz” ertagi
Bir bor ekan bir yo`q ekan sehrli dengiz bo`lgan
ekan. Kunlardan bir kuni dengizda yashovchi barcha oilalar
to`planishib suhbat qurishibdi. Birinchi oila
gap boshlab -Biz sizdan ko`ra chiroyli
xipcha va cho`ziq gavdalimiz debdi. – hatto
qilichimizni butun umr asrab avaylaymiz katta akamning bo`yi 2 metr og`irligi 30 kg kichkina ukam esa bo`yi 75 sm og`irligi 2 kg debdi.
Meni noyob tur sifatida himoya qilishadi. Shunda ikkinchi
oila o`zini maqtashda davom etibdi – bizning orqa suzgichimiz yonida
nima bo`lishini bilmaysiz. Hatto biz ko`payish uchun dengizdan boshqa joylarga o`tib ketamiz. Shu payt uchinchi oiladan biri bizga ham navbat etadimi. Axir
biz sizlarga qaraganda juda ko`pchilikmiz. Bizning bir necha yuzlab qarindoshlarimiz
bor. Hatto tanamiz baquvvat va mustahkam. Bizda Uzoq sharq daryolaridan kelgan mehmonlarimiz bor. Nega meni ajratib qo`yasizlar.
Nega meni eslamaysiz. Men yagona vakilman Afrika sohilidan
olib kelishgan debdi 4 oiladan biri.hech kimning bizchalik go`shti va ikrasi qadrlanmaydi. Bizni ovlaydigan maxsus kemalarimiz ham bor. Hatto jahon bo`yicha bizni
qancha ovlashlarini bilmaysizlar. Kelinglar tortishmaylik axir bizning qadimgi ajdodlarimiz hammamiz uchun bitaku deb oilalar
tarqalishibdi.
№
|
Ertak qahramonlari
|
nomlari
|
Ingliz tilida aytilishi
|
1
|
Oilalar
|
Baliqlar
|
|
2
|
1 oila
|
Suyak tog`ayli baliqlar
|
|
3
|
Qilich
|
O`q skeleti
|
|
4
|
Katta aka
|
Bakra baliq
|
|
5
|
Kichkina uka
|
Soxta kurakburun
|
|
6
|
2 oila
|
Losossimonlar
|
|
7
|
Orqa suzgichi ortida
|
Yanabitta suzgich
|
|
8
|
Boshqa joylar
|
Chuchuk suvlar
|
|
9
|
3 oila
|
Karpsimonlar
|
|
10
|
Uzoq sharq qarindoshlari
|
Oq amur xumbosh
|
|
11
|
Afrika sohilidan topilgan
|
Latimeriya
|
|
12
|
Go`shti va ikrasi qadrli
|
Ostetrsimonlar va losossimonlar
|
|
13
|
Maxsus kema
|
Trauler
|
|
14
|
Qadimgi ajdod
|
Soda tuzilgan lansetnikka o`xshash hayvon
|
|
3-4
guruhlar uchun aqliy hujum
1.
. Bakra baliqlar tanasining orqa yon qorin
tomonida nima joylashgan ?
2.
. Boshining oldi tomoni nimani hosil qiladi
?
3.
. Og`iz teshigi qaerda joylashgan?
4.
. Bakra baliq va soxta kurakburun qaerlarda
uchraydi?
5.
. Losossimonlar tanasining qays qismi suyakka
aylangan?
6.
. Gulmoyi qaerlarda tarqalgan?
7.
. Mo`ylovbaliq qaerlarda uchraydi?
8.
. Tog` daryolari va soylarda tarqalgan
baliq nomini ayting?
9.
. Moy baliq va oqcha baliqning yashash
joyini ayting.
10.
. Orol dengizi va unga quyiladigan
daryolarda qaysi baliq uchraydi?
FSMU
Chiqindi deb qaramang chetga surid tashlamang
Chorva mollar so`rasa axtarib shoshib qolmang
(baliq uni)
Dori deb siz ichmaysiz foydaligim bilmaysiz
Ko`zga davo shifoman agarda kerak bo`lsam
farmatseftdan olasiz
(baliq yog`i)
Faqat eganda bilasiz mazzaligim ko`rasiz
Izlab ovora bo`lmang savdo do`konlaridan albat meni
topasiz
(baliq konservasi)
Erga juda kerakli xo`jalikda foydali
Ishlab chiqarish ko`paydi mo`l hosilga nima etdi.
(baliq o`g`iti)
Mavzuga xulosa yasaldi. O`qtuvchi tomonidan o`quvchilarning
alohida baholari va guruh bilan yig`gan ballari hisoblanib, har bir o`quvchi baholandi.
Uyga vazifa berish:
yangi mavzuga oid suyakli baliqlarturlari haqida qo`shimcha internet
ma'lumotlarini izlab topish.
Комментариев нет:
Отправить комментарий