Hoshimova Nafisa
Baxshilloyevna
1977 yil 26 iyulda
Buxoro viloyati Jondor tumanida tug’ilgan. 1994-1999 yillarda Buxoro Davlat
Universitetining,, Tabiiy fanlar kulliyoti “Biologiya” bo’limini
tugatgan.Dastlabki pedagogik
faoliyatini Qorako’l
tumani E.Rahimberdiyev jamoa xo’jaligiga qarashli 22-sonli maktabdan boshladi.
2003 yildan boshlab
Buxoro shahar 35-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida ishlab kelmoqda.
Hoshimova Nafisa
Baxshilloyevna o’quvchi yoshlarga asosan chuqur bilim berish yo’lida an’anaviy
va noan’anaviy usullarni qo’llaydi,
2004-2007 yil
“Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik tanlovi qatnashuvchisi.
2006 yil “Tong”
gazetasida “Qayda qoldi oq laylaklaring”, 2008 yil “Buxoro muallimi” gazetasida
“Tabiatni asrash hammaning burchi” nomli maqolalari chop etildi.
2008 yil Istiqlol
g’unchalari gazaetasida “Xotira mashqi”
nomli o’yin turi chop etildi.
2012-yil Buxoro muallimi gazetasida
“Orasta qizlar”maqolasi chop etildi.
Bundan tashqari uning
20 dan ortiq ilmiy maqolalari va metodik qo`llanmalari chop etilgan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий